Yopiq bank hisob raqami (Sperrkonto) ochish Germaniyaga talaba vizasi uchun

Ko'rilgan: 1052745

Agar Germaniyaga xalqaro talaba sifatida viza olmoqchi bo’lsangiz yoki ish izlovchi vizasi bilan bormoqchi bo’lsangiz, o’zingizdagi moliyaviy mablag’ yetarli ekanligini isbotlashingiz kerak bo’ladi. Buni yopiq bank hisob raqami orqali amalga oshirishingiz mumkin.

2020-yil 1-yanvardan boshlab yopiq bank hisobi uchun talab 10,236 Euroni tashkil qiladi. 

Yopiq bank hisob raqamini yaratish etaplari

  • Yopiq bank hisob raqamini yarating

Fintiba.com sayti yoki Fintiba mobil ilovasi orqali ro’yxatdan o’ting. Onlayn platforma orqali bank hisob raqamini oching. Shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaganingizdan so’ng, yopiq hisob raqamingiz ochilgan hisoblanadi. Shundan so’ng mablag’ni hisobingizga o’tkazasiz. Mablag’ kelib tushishi bilan, sizga tasdiq xati beriladi. Ushbu tasdiq xatini boshqa hujjatlaringiz bilan siz Germaniya elchixonasiga taqdim qilishingiz mumkin. 

  • Bank hisobini oching

Germaniyaga yetib kelganingizdan keyin mahalliy banklar (Comdirect, Deutsche Bank, Sparkasse, Postbank v.h.)dan birida hisob raqami ochishingiz kerak. Fintiba sizning mablag’ingizni oyma-oy ushbu bankka o’tkazib turadi. 

Bu o’tkazmalarni amalga oshirish uchun siz Germaniyada yakuniy qonuniylashtirishni amalga oshirishingiz kerak. Buning uchun Fintiba Web ilovasining Documents qismida 'PostIdent' Voucherini  chop qilib, Deutsche Post ofislaridan biriga borasiz. U yerda siz uchun Legitimation (qonuniylashtirish) jarayoni amalga oshiriladi. Ushbu qadamsiz sizning hisob raqamingizdan pul o’tkazmalari qilishning imkoni bo’lmaydi.

Hisob raqamini yaratishda qanday hujjatlar talab qilinadi? 

Faqatgina passport. Hech qanday boshqa tasdiqlangan hujjatlar yoki original hujjatlarni pochta orqali jo’natishga hojat yo’q.

Hisob raqamini ochishga qancha vaqt ketadi? 

Bu jarayon onlayn bajarilganligi uchun odatda hisob raqamini ochishga bir necha soat sarflanadi.

Bank hisob raqami ochishda nimaga e’tibor berilishi kerak? 

Hisob raqamiga juda katta bamlag’ qo’yilayotganligini inobatga olgan holda, hisob raqamini o’zingizning nomingizga ochish tavsiya qilinadi. Hech qanday 3-tomon ishtirokisiz. Fintibada siz barcha amallarni onlayn o’zingiz boshqara olasiz. Savollar tug’ilganda Fintibaning yordam bo’limiga yoki konsultantga murojaat qilishingiz mumkin.

Yopiq hisob raqamini yaratish qancha turadi? 

Boshlang’ich to’lov  € 89.00. Har oyda hisob raqamingizni boshqarish uchun € 4.90 oylik to’lov olinadi. Bu oylik to’lov mablag’ sizning hisob raqamingizga kirgan daqiqadan boshlab hisoblanadi va hisob raqamingiz ochiq bo’lgan vaqt uchun har oyda olib boriladi. Shuning uchun yopiq bank hisob raqamini viza uchun ariza topshriayotgan vaqtga yaqin ochishni tavsiya qilamiz. 

To’liq ma’lumot Fintiba.com saytida.

(Ma'lumotlar Fintiba rasmiy veb-sayti yordamida tuzilgan)



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!