Angliyada Magistratura dasturlari:

Ko'rilgan: 119849

Magistratura dasturlari:

- Angliyada Magistratura dasturlari 1 – yil bo‘ladi. Taʼlim dunyo bo‘yicha yuqori reytinglarda turadi, universitetlar davlat va xususiy bo‘lib top 1000 – 500 – va 100 talikda Angliya bo‘yicha 1 o‘rinda turuvchi oliygoxlar hisoblanadi. Bakalavr 4 yil 1 yil Foundation 3 yil bakalavr o‘qitiladi. Magistratura uchun talablar IELTS sertifikati GPA % yuqori bo‘lish kerak. Angliyada universitetlarga kirish qiyin bo‘lmaydi yuqori darajadagi universitetlarning talablariga mos bo‘lsa talabani qabul qiladi, agarda sizda IELTS bo‘lmasa lekin ingliz tilini yaxshi bilsangiz bunga ham Angliya sharoit yaratib bergan universitetlarda ichki imtihonlar mavjud bo‘lib imtihondan yaxshi o‘tsangiz talaba bo‘lishingiz mumkin. Cambridge, Oxsford, Grenweech, Eest London, Westminister, West London kabi mashhur universitetlarda o‘qib yaxshi joylarda ishlashingiz mumkin, hatto Angliyada katta kompaniyalar bilan shartnoma tuzsangiz vizangizni cho‘zdirib qolishingiz mumkin. Magistraturada o‘quvchi talabalarga bilim yaxshi beriladi universitet tomonidan yotoqxona va qulay sharoitlar beriladi.

  Angliyada ishlash va yashash. Talaba ozini qoplay oladimi?

- Angliyada kontraktlar 14 000 – 15 000 funtdan boshlanadi talabaga scholarship ajratilgan 4000-5000 funt. Angliyada ishlashga ruxsat beriladi haftasiga 20 – soat qonuniy, Magistraturada haftada 2 yoki 3 kun dars bo‘lish hisobiga ko‘proq ishlab o‘z xarajatlarini qoplay olish mumkin. Boshqa Davlatlarga qaraganda Angliya qimmatroq kontrakti va yashashi yeb ichish kiyim kechak uchun ko‘proq xarajat qilishga to‘g‘ri keladi, lekin ishlash uchun har qaysi hududga ruxsat berilgan. Talaba o‘zining salohiyati qobiliyatlaridan kelib chiqib ishga kirishi mumkin. Magistratura bo‘lganligi uchun o‘zlarini sohalarida ham ishlashi mumkinda bunda talabaning partfolyusiga qaraydi, hizmat ko‘rsatish servislari, restoran kafe, xususiy bog‘chalar, yetkazib berish servislari, savdo markazlarida ishlash mumkin. O‘rtacha maoshlar 10 funtdan – 25 funtgacha soatiga bu albatta ishlaydigan joyingizga qarab. Angliyada viza yaxshi chiqadi barcha hujjatlaringizni to‘g‘ri taxlasangiz 90-95% viza beriladi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!