Tel: +998 94 600 00 30
Germaniyada ta’lim olishingiz uchun 12 ta sabab
(qiymatlanmagan) 53000 0
Do`stlaringiz bilan baham ko`ring
Facebook Twitter Telegram

Chet elda o'qishni xohlaysizmi? Lekin qaysi davlatni tanlashni aniq bilmayapsizmi? Germaniyada o’qishingizni maslahat beramiz. Har yili Germaniya oliy o'quv yurtlariga ariza topshiruvchi talabalar soni ortib bormoqda. Buning bir necha sabablari bor. Quyida asosiylari bilan tanishib o’tamiz.

1. Bepul ta’lim

Germaniya - oliy o'quv yurtlarida o'qish uchun haq to'lanmaydigan juda kam sonli davlatlardan biri. Talabalar to'lashi kerak bo'lgan yagona xarajatlar - talabalar hissasi, talabalar kasaba uyushmasi uchun, talabalarni qo'llab-quvvatlash xizmati uchun, shuningdek jamoat transporti chiptasi kabilarni o’z ichiga oladi. Bu to’lov har semestrda 160dan 350 evrogacha bo’ladi.

2. Sifatli ta'lim

Germaniya universitetlarida yuqori sifatli ta'lim beriladi. O'qish davomida olingan nazariy bilimlardan tashqari, tajriba oshirish hamda qo'shimcha ilmiy tadqiqotlar olib borish taklif qilinadi. Ular odatda global oliy ta'lim muassasalari standartlarida yuqori o’rinlarda turadi. O'zingiz qiziqqan universitet reytingini bu yerda (https://www.topuniversities.com/) tekshirishingiz mumkin.

Universitet professorlari va xodimlari yuqori malakaga ega hamda talabalarga nisbatan do'stona munosabatda bo’lishadi. Shuningdek, Germaniya oliy ta'limning uzoq tarixiga ega. Yevropadagi ba'zi eski universitetlar ham aynan Germaniyada.

3. Turli ta’lim dasturlari

Germaniyada 429 davlat oliy ta'lim muassasalari mavjud. Ularning 106 tasi universitetlardir. Aviatsiya yo’nalishidan tibbiyotgacha, informatikadan tortib nonvoylikkacha - siz istagan sohada kasbiy ta’lim, bakalavr, magistr, doktorlik darajalariga ega bo'lishingiz mumkin. O'zingizning qiziqishingiz bilan bog'liq professorlarni ham topishingiz mumkin.

4. Yevropa bo'ylab sayohat (Shengen hududi)

Talabalik vizasi yoki yashash huquqini olish uchun ariza berganingizda, Shengen hududiga (https://www.schengenvisainfo.com/schengen-visa-countries-list/) (26 mamlakat) vizasiz sayohat qilishingiz mumkin. Arzon poyezd, avtobus biletlari takliflari mavjud. Ayrim sayyohlik tashkilotlarida, hatto universitetlarning o’zi talabalar uchun arzon sayohatlar tashkil qilishadi.

Talabalik vizasi yoki milliy viza olish uchun o'qishni boshlashingizdan yoki Germaniyaga ketishingizdan kamida 3 oy oldin murojaat qiling.

5. Dunyo miqyosida tan olingan o'quv dasturlari

Agar Germaniya universitetida bir darajani tamomlasangiz, ushbu diplom butun dunyoda tan olinadi. Bundan tashqari, Germaniya universitetlarida o'qitiladigan usullar va mavzular talabalarni global tez o'zgaradigan sharoitda yashash va ishlashga tayyorlaydigan tarzda tuzilgan.

Germaniya universitetlarida talabalarga sifatli ta'lim berilganligi sababli xorijiy tashkilotlarning aksariyati Germaniya universitetlari bitiruvchilarini ishga qabul qilishga tayyor.

6. Arzon yashash xarajatlari

Germaniyada oylik yashash narxi yashash joyingiz va turmush tarzingizga qarab oyiga 600 dan 800 evrogacha o'zgarishi mumkin. Kvartira ijarasi oyiga 250 evrodan iborat. Ammo Wohnen für Hilfe (https://www.studentenwerke.de/de/content/wohnen-f%C3%BCr-hilfe) kabi ba'zi universitetlarning foydali dasturlari mavjud, u yerda siz nemis oilasiga (keksa yoki bolali oilalar) va juda kam ijara haqini to'laydi yoki umuman haq olinmaydi.

7. Ko'p miqdordagi stipendiya dasturlari

Yuqori akademik va darsdan tashqari ko'nikmalarga ega bo’lgan, shuningdek nemis tilini yaxshi biladigan talabalar Germaniyadagi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan turli xil stipendiyalarga ariza topshirishlari mumkin (https://www.dw.com/de/politische-und-kirchliche-stiftungen/a-17252187).

DAAD, Konrad Adenauer Stiftung, Hanns Seidel Stiftung, Heinrich Böll Stiftung - shulardan ayrimlari. Bundan tashqari, ba'zi universitetlar o'z stipendiyalarini ham taklif qiladilar.

8. Talabalar uchun ish imkoniyatlari

Agar xarajatlaringiz uchun o’zingizni o’zingiz moliyaviy ta’minlayotgan bo'lsangiz, talabalik davrida sizga ishlashga ruxsat beriladi (yiliga 120 to’liq kun yoki 240 yarim kun). Oyiga 450 Yevro talabalar ishi uchun haq to'lanadi. Ammo siz ushbu chegaradan oshib ketganingizdan so'ng ish haqingizdan soliq to'lashingizga to’g’ri keladi.

Agar siz Studienkollegda o’qiyotgan bo’lsangiz, sizga faqat ma'ruzalar bo'lmagan davrdagina ishlashga ruxsat beriladi.

9. Kelajakdagi ish imkoniyatlari

So'rovnomaga ko’ra, (https://www.studying-in-germany.org/international-students-prefer-to-stay-in-germany-after-they-finish-their-studies-survey-reveals/)  xorijlik talabalarning 69,2% o'qishdan keyin Germaniyada qolishni afzal ko'rishadi. O'qishni tugatganingizdan so'ng, o'z sohangizda ish qidirish uchun yashash huquqini uzaytirishga ariza berishingiz mumkin. Ushbu yashash uchun ruxsatnoma 18 oy muddatga beriladi, uning davomida siz har qanday ishni bajarishingiz mumkin.

Agar o’zingiz uchun mos ish topsangiz, Germaniyada yashash uchun ruxsatnoma yoki EU Blue Cardga hujjat topshiring. EU Blue Card uchun, ish beruvchi bilan tuzgan shartnomangiz yiliga 49,600 Yevro atrofida bo'lishi kerak.

Umuman olganda, dunyoning istalgan mamlakatida Germaniya universitetlari bitiruvchilari qadrlanadi va ularga yuqori maoshli ish taklif etiladi.

10. Yangi til

Nemis tilini bilsangiz, nemis tashkilotlarida ish topishingiz osonroq bo'ladi. Ushbu kompaniyalar odatda global tarmoqlarga ega. Bundan tashqari, ularning ona tilidagi aloqa siz haqingizda nemislarda yaxshi taassurot qoldiradi. Bundan tashqari, siz faqat nemis tilida mavjud bo'lgan ko'plab ilmiy materiallar bilan tanishishingiz mumkin.

Qolaversa, Germaniya bo'ylab tarjimon dasturlari yordamisiz sayohatdan rohatlanasiz.

Universitetda ham, uning tashqarisida ham bepul yoki arzon narxlarda til o'rganish bo'yicha ko'plab variantlar mavjud. Shuningdek, siz Toshkent shahridagi Gyote institutida (https://www.goethe.de/ins/uz/ru/spr.html) ham til kurslarini topishingiz mumkin.

11. Ko'p madaniyatli jamiyat

Germaniya dunyoning turli mamlakatlaridagi ko'plab xalqaro talabalarni jalb qiladi. Ko'plab xalqaro talabalar bo'lgan universitetda siz turli madaniyatlarni bir vaqtning o'zida o’rganishingiz va dunyoqarashingizni hamda global tanishlaringiz safini kengaytirishingiz mumkin.

12. Boy tarixiy va madaniy sarguzashtlar

Germaniya butun mamlakat bo'ylab boy tarixga ega. Har bir shahar o'z tashrif buyuruvchilarini bu haqida xabardor qilishning qiziqarli usullarini qo’llaydi. Talaba sifatida siz ko'p joylarga, shu jumladan, muzeylar va boshqa tarixiy joylarga bepul yoki arzonlashtirilgan narxda tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

>>>GERMANIYADA O'QUV DASTURINI TANLANG VA ARIZA TOPSHIRING!<<<