1967 yil 1 avgustda Dandi universiteti Qirollik nizomiga muvofiq rasmiy ravishda o'z faoliyatini boshladi. Dandi Shotlandiyaning sharqiy qirg'og'ida joylashgan bo’lib, Tey daryosi va tinch va osoishta qishloqga manzarasiga yaqin joy;ashgan. Piyoda yoki velosipedda yetib olish mumkin bo’lgan shaharning ixcham markazida kerakli barcha narsalar mavjud.
Agar siz u yerda o'qishni tanlasangiz, siz kampusga kelgan kuningizdan boshlab Dandi Universiteti talabasiga aylanasiz. Siz boshqa talabalar bilan birgalikda bir xil xizmatlar va uy-joylardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 2017 O'qituvchilik fazilati (TEF) oltin mukofotiga sazovor bo'lgan universitet o'zining akademik mahorati, do'stona atmosferasi, jonli shahar va go'zal qishloqqa yaqinligi va talabalik tajribalari bilan mashhur.
Kirish talablari
Xalqaro kollej Dandi dagi Xalqaro bakalavr (IIB) yoki International Incorporated Master's (IIM) dasturlari bo'yicha ta’lim olish uchun siz ingliz tilining standart talablariga javob berishingiz kerak. Ikkala kurs ham IELTS 5.5 (har bir komponent uchun kamida 5,5 ball) talab qilinadi. Shuningdek, siz ularga bakalavr darajasi uchun GPA 3 ga teng bo’lgan o'rta ta'limni tamomlaganlik haqidagi shahodatnomani va magistr darajasi uchun 70% ga teng bo’lgan bakalar diplomini yoki 55% ga teng bo’lgan mutaxassis diplomini taqdim etishingiz kerak.
Dasturlar
Reytinglar
World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.