Ko‘pchilik talabalar xorijda o‘qish uchun davlat tanlayotganda faqat universitet reytingi yoki kontrakt narxiga e’tibor beradi. Ammo eng muhim masalalardan biri — hujjatlar va viza jarayonidir. Ayrim davlatlarda hujjat tayyorlash, legalizatsiya yoki viza olish ancha murakkab bo‘lishi mumkin. Shu sababli davlat tanlashdan oldin bu jarayonlarni ham hisobga olish kerak.
Har bir davlatning O‘zbekistonda elchixonasi mavjud emas. Ba’zi davlatlar uchun boshqa mamlakatdagi elchixonaga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu esa qo‘shimcha xarajat, vaqt yo‘qotish va safar muammolarini keltirib chiqaradi.
Shuning uchun davlat tanlashda:
O‘zbekistonda elchixona bormi
Viza markazi mavjudmi
Online topshirish imkoniyati bormi
degan savollarga e’tibor berish muhim.
Ko‘plab davlatlar diplom va boshqa hujjatlarni rasmiy tasdiqlashni talab qiladi. Bunga apostil, notarial tarjima yoki konsullik legalizatsiyasi kiradi. Har bir davlatning talabi turlicha bo‘lgani sababli jarayonni oldindan bilish kerak. Aks holda deadline’ga ulgurmaslik xavfi paydo bo‘ladi.
Ba’zi davlatlar oddiy inglizcha tarjimani qabul qilsa, ayrimlari notarial yoki sworn translation talab qiladi. Noto‘g‘ri tarjima application rejection yoki viza kechikishiga olib kelishi mumkin.
Davlat tanlashda moliyaviy talablar ham juda muhim. Ayrim davlatlar katta miqdordagi bank mablag‘ini ko‘rsatishni so‘raydi. Masalan, Germaniyada blocked account, Kanada va Buyuk Britaniyada esa moliyaviy isbot muhim hisoblanadi.
Ba’zi davlatlarda interview mavjud bo‘lib, viza processing uzoq davom etadi. Universitet, scholarship va visa deadline’lari ham bir-biridan farq qiladi. Shu sababli hujjat tayyorlashni imkon qadar erta boshlash kerak.
Xorijda o‘qish uchun davlat tanlash — faqat universitet tanlash emas. Hujjatlar, legalizatsiya va viza jarayonlari ham katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri tanlov vaqtni tejaydi, xarajatlarni kamaytiradi va viza olish imkoniyatini oshiradi.